Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyati Romitan tumanida bo'layotgan «Zakovat» intellektual klubining breyn-ring musobaqalari grand finaliga tashrif buyurdi. Bu haqda «Bugun.uz» muxbiri xabar qildi.

Ma‘lum bo'lishicha, 4 kundan beri o'tkazilayotgan musobaqalarda har bir viloyatdan eng kuchli jamoalar qatnashgan.

Grand finalga Xorazm va Navoiy viloyati jamoalari yo'llanma olgan. Endilikda ular davlat rahbari qarshisida birinchi o'rin — mutlaq chempionlik uchun bellashadi.

Keltirilishicha, g'olib jamoaga 6 ta «Gentra» avtomobili (har bir o'yinchiga bittadan) topshiriladi.

Avvalroq Buxoroda «Zakovat» intellektual turniri finali bo'lib o'tayotgani xabar qilingandi. Shuningdek, O'zbekiston tarixida ilk bor «Asian Sprint Triathlon Cup» musobaqasi bo'lib o'tishi aytilgan.