Shavkat Mirziyoyev 12 oktyabr kuni Buxoro viloyati Qorako'l tumanidagi xonadonda mehmon bo'ldi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Ma‘lum bo'lishicha, tashrif davomida tumandagi Xo'jalar mahallasida aholining yashash tarzi bilan tanishgan. Mahalla Qorako'l tumani markazida joylashgan bo'lib, unda ikki 2800 nafardan ziyod aholi yashashi aytilgan. Shuningdek, mahallada ko'plab savdo shoxobchalari, to'qimachilik korxonalari borligi qayd etilgan.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyev shu mahallada yashovchi Sohib Xo'jamberdiev xonadonida mehmon bo'lgan. Oila boshlig'i tadbirkor hisoblanib, turmush o'rtog'i Dilorom bilan ikki farzandni tarbiyalab, voyaga yetkazgan. Ular tomorqada va kichik issiqxonada poliz mahsulotlarini yetishtirishi ta‘kidlangan. Xonadon egalari bilan Prezident o'rtasida mamlakatdagi tinchlik, bugungi imkoniyatlar, islohotlar natijasi haqida suhbat bo'lib o'tgan. Mahalla nuroniylari yurtimizga qut-baraka va farovonlik tilab duo qilgan.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Avvalroq Shavkat Mirziyoyev Qorako'l tumanidagi Xalqaro matematika maktabi faoliyati bilan tanishgandi. Shuningdek, Prezident Buxoroda «Zakovat»ning grand finaliga tashrif buyurgan.