Bugunning eng sara suratlarini e‘tiboringizga havola etamiz.

Foto: «Getty Images» 

Buyuk Britaniyada jahli chiqqan motosiklchi namoyish paytida yo'llarni to'sib qo'ygan namoyishchilarning bannerlarini tortib olmoqda.

Foto: «TASS» 

Rossiyaning Novosibirsk shahrida yer o'pirilishi oqibatida ikki mashina chuqurga tushib qoldi.

Foto: «Getty Images» 

Shri Lankada Hindiston mudofaa vazirini kutib olish uchun harbiylar saf tortdi.

Foto: «AFP» 

Hindistonda Durga Puja sharafiga o'tkaziladigan bayramda qizlar ma‘buda Durga qiyofasida bezandi.

Foto: «Getty Images» 

AQShda kuz ranglari.

Foto: «Anadolu Agency» 

Yaman poytaxti Sana shahridagi Sabin shifoxonasida to'yib ovqatlanmaslik sababidan yotqizilgan chaqaloq.

Foto: «AFP» 

Falastinlik ayol Iordan daryosining g'arbiy sohilida zaytun yig'ish uchun Isroil nazorat punktidan o'tishni kutib turibdi.

Foto: «Getty Images» 

Tailandda qamoqxona eshigi oldida siyosiy mahbuslarga dastak o'laroq namoyish o'tkazayotgan ayol badanini qizil rangga bo'yadi.

Foto: «AFP» 

Kobuldagi Xalqaro Qizil xoch jamiyati tomonidan tashkil etilgan reabilitasiya markazida «Tolibon» hamda sobiq hukumat kuchlari yonma-yon davolanmoqda.

Foto: «Shutterstock» 

Braziliyaning San-Paulu shahridagi bolalar shifoxonasi oynasini tozalaydigan xodimlar Bolalar kunida super qahramonlar libosida o'z vazifasini bajarmoqda.