Shavkat Mirziyoyev 13 oktyabr kuni Navoiy viloyatiga tashrifi davomida 2 yil avval «Tolibon» harakati bilan olib borilgan muzokaralar haqida gapirdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Ta‘kidlanishicha, davlat rahbari bundan 2 yil avval toliblar bilan muzokaralar olib borgan va bunga hamma hayron bo'lgan.

«Afg'onistondagi vaziyatni hammamiz ko'rib turibmiz. Qo'shni tanlanmaydi, qo'shnimizda vaziyat yomon, deb qaergadir ko'chib keta olmaymiz-ku. Bundan 2 yil avval men ‘Tolibon’ rahbariyati bilan muzokaralar olib borganimda hamma hayron bo'lgandi. Lekin bugungi kunga kelib to'g'ri yo'l tanlaganimiz ma‘lum bo'ldi. Men tinchlik bo'lishi, jafokash afg'on xalqiga ham yengillik bo'lishi uchun avvalgi rahbariyati bilan bir yilda 6 martalab uchrashdim, gaplashdim.

Albatta, hamma davlat rahbari birinchi navbatda o'z davlati haqida o'ylaydi. Men ham birinchi navbatda o'z xalqimni o'ylashga majburman, menga kafolatlangan tinchlik kerak. Birorta o'q otilmaydigan, barcha masalalar muzokaralar bilan hal bo'ladigan tizim kerak», — deydi Prezident. 

Avvalroq Prezident Afg'oniston bilan chegaradagi holat haqida fikr bildirgandi.