Toshkent shahridan yo'lga chiqqan «Targ'ibot poezdi» 13 oktyabr kuni Xorazmga yetib bordi. Bu haqda Jurnalistika va ommaviy kommunikasiyalar universiteti axborot xizmati «Bugun.uz»ga xabar berdi.

Foto: O'zJOKU axborot xizmati

Ma‘lum qilinishicha, bu loyiha 24 oktyabr kuni bo'lib o'tadigan prezidentlik saylovi munosabati bilan talaba yoshlar o'rtasida huquqiy savodxonlikni oshirish, ularni siyosiy jarayonlarga faol jalb etish maqsadida tashkil qilingan.

Foto: O'zJOKU axborot xizmati

Qayd etilishicha, Oliy va o'rta maxsus ta‘lim vazirligi tashabbusi bilan «Saylov–2021: kelajaging uchun ovoz ber!» shiori ostida o'tkazilayotgan «Targ'ibot poezdi»da 10 nafar a‘zodan iborat targ'ibot guruhi Xorazmga yetib borgan. Targ'ibot guruhini universitet rahbariyati va professor o'qituvchilari kutib olgan.

Foto: O'zJOKU axborot xizmati
Foto: O'zJOKU axborot xizmati

Avvalroq O'zbekistonda partiyalarning saylovoldi targ'iboti qachondan boshlanishi aytilgandi. Shuningdek, saylov jarayonida koronavirus tarqalishining oldini olish bo'yicha qanday choralar ko'rilgani ma‘lum qilingan.