Buxoro viloyati Kogon tumanida 11 oktyabr kuni «Volga» avtomobilining gaz balloni portlab ketdi. Bu haqda Yo'l xarakati xavfsizligi bosh boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

Kadr: Yo'l xarakati xavfsizligi bosh boshqarmasi matbuot xizmati

Ma‘lum bo'lishicha, hodisa A-380 yo'li Buxoro–G'uzor–Denov yo'nalishining 207-kilometrida sodir bo'lgan. Voqea oqibatida avtomobil ichidagi yo'lovchi va haydovchi vafot etgan. Qayd etilishicha, hodisaga avtomobilga o'rnatilgan gaz ballonining nosozligi sabab bo'lgan.

Avvalroq Surxondaryoda «Cobalt» urib yuborgan «Matiz» ag'darilib ketgandi. Qamchiq dovonida «tormoz»i buzilgan yuk mashinasi ag'darilgani xabar qilingan.