Livan poytaxti Bayrutda noma‘lum shaxslar tomonidan o'q uzilishi fonida «Haraket Amal» va «Hizbulloh» partiyalarini qo'llovchi namoyishchilar hamda harbiylar o'rtasida kuchli to'qnashuv yuz berdi. Bu haqda o'z manbasiga tayanib, «RIA Novosti» xabar berdi.

Foto: «RIA Novosti»

Ma‘lum qilinishicha, namoyishchilar Bayrutdagi bosh sud binosi oldida portdagi portlash ishini olib borayotgan sudya Tarek Bitarning ishdan olinishini talab qilib, tinch namoyish o'tkazishni rejalashtirgan. Namoyishlarning fikricha, ushbu sudyaning qarorlari siyosiylashib ketgan va qonunga ziddir.

Ma‘lumotlarga ko'ra, harbiylar va bir guruh qurolli kishilar o'rtasidagi jang bir necha soat davom etgan. Bunga parallel ravishda jang bo'layotgan hududdan tinch aholini evakuasiya qilish ishlari davom etgan. Livandagi Qizil Xoch tashkilotining so'nggi ma‘lumotlariga ko'ra, 6 kishi halok bo'lgan, 30 dan ortiq odam jarohatlangan.

Avvalroq Bayrutda oziq-ovqat narxidan norozi aholi namoyish o'tkazgandi. Shuningdek, mamlakatda 13 oy ichida hukumat tarkibi shakllantirilgan.