O'zbekiston va Afg'oniston rasmiylari o'rtasida 15 oktyabr kuni muzokaralar bo'lib o'tishi rejalashtirilgan. Bu haqda muzokara ishtirokchilaridan birining nutqiga tayanib, «Sputnik» xabar berdi.

Foto: Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati

Ma‘lum qilinishicha, tomonlar o'rtasidagi muzokara Termiz chegarasida bo'lib o'tishi rejalashtirilgan. Uchrashuvda kun tartibiga savdo-iqtisodiy xarakterdagi muzokara kiritilgan. Jumladan, o'zaro tovar ayirboshlash o'sishidagi to'siqlarni bartaraf etish, shuningdek, Surxon–Puli-Xumri elektr uzatish liniyasi va Mozori Sharif-Kobul-Peshovar qurilish loyihalarini ishga tushirishga e‘tibor qaratiladi.

Ma‘lumot o'rnida, O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov 7 oktyabr kuni Kobulda Afg'oniston muvaqqat hukumati vakillari bilan muzokara o'tkazgandi. Uchrashuv yakunida yaqin orada Termiz shahrida qo'shma muzokaralar o'tkazish to'g'risida kelishuvga erishilgandi.

Avvalroq BMT O'zbekiston orqali Afg'onistonga gumanitar yordam yetkazib berishi ma‘lum qilingandi. Shuningdek, «Tolibon» harakatining Afg'oniston bilan bog'liq yangi rejasi ochiqlangan.