Rossiyada Federal xavfsizlik xizmati xodimlari yettita viloyatda maxsus operasiya o'tkazib, «Hay‘at Tahrir ash-Shom» terroristik tashkilotini moliyalashtirgan 14 kishini qo'lga oldi. Bu haqda «REN TV» xabar berdi.

Kadr: «REN TV»

Ma‘lum qilinishicha, qo'lga olinganlar orasida O'zbekiston fuqarosi Ruslan Hatamjon o'g'li Hasanjonov ham bo'lgan. U 2019 yilda Moskva hududida yashagan, keyin Turkiya orqali Suriyaga borib, u yerda guruhga bo'ysungan jangarilarga qo'shilgan.

Ta‘kidlanishicha, jinoyatchilikda ayblanayotganlar Moskva, Dog'iston, Xabarovsk o'lkasi, Kurgan, Penza, Ulyanovsk va Samara viloyatlarida qo'lga olingan. Rossiyada ularga nisbatan Terrorchilik faoliyatiga yordam berish moddasi bo'yicha jinoiy ish qo'zg'atilgan.

Avvalroq Rossiya jinoyat sodir etganlikda gumonlangan 3 kishini O'zbekistonga topshirgandi. Shuningdek, Rossiyada xalqaro qidiruvda bo'lgan o'zbekistonlik ayol qo'lga olingani va o'zbekistonlik erkaklar janjal keltirib chiqargani ma‘lum qilingan.