Huquqshunos olimlar Abdulaziz Rasulev va Shohjahon Xo'jaev «Adolat» va Xalq demokratik partiyasining bepul oliy ta‘lim berish tizimini tartibga solish mexanizmlarini qonuniy jihatdan mustahkamlash va amaliyotga joriy etishga oid takliflariga munosabat bildirdi.

Foto: «Bugun.uz»

Ularning ta‘kidlashicha, imtiyozlar yetarli. Bugun 12 toifadagi shaxslar uchun imtihonlarsiz davlat grantlari asosida o'qishga kirish uchun imtiyozlar, 9 toifadagi shaxslar uchun o'qishga kirish uchun alohida kvotalar ajratilgan. 2021/2022 o'quv yilidan boshlab kirish imtihonlarida eng yuqori ball to'plagan 200 nafar abiturient uchun Prezident granti joriy etilgan.

Mutaxassislar fikricha, bularning barchasi bepul oliy ta‘lim olish imkoniyati mavjudligini ko'rsatmoqda. Huddi shuningdek, iqtidorli talabalar uchun kafolatlarni ham misol keltirishgan. Shu yilning o'tgan davrida davlat va nomli stipendiya uchun kvotalarni ko'paytirish, talabalarni turar joy bilan ta‘minlash darajasini oshirish bo'yicha amaliy chora-tadbirlarni nazarda tutuvchi 3 ta Prezident hujjati va 3 hukumat qarori qabul qilingani aytib o'tilgan. 

Maqola bilan to'liq bu yerda tanishishingiz mumkin.