O'zbekistonda pedagogika yo'nalishida kunduzgi, kechki va sirtqi bo'limlarning 3-kursida tahsil olayotgan talabalarga maktablarda dars berish huquqi beriladi. Bu haqda Ta‘lim inspeksiyasi axborot xizmati xabar berdi.

Foto: XTV tasarrufidagi aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan Davlat umumta‘lim maktabi

Keltirilishicha, mazkur qaror Vazirlar Mahkamasining 15 oktyabrda qabul qilgan «Ta‘lim darajasi yuqori bo'lmagan maktablarga malakali o'qituvchi-pedagoglarni jalb qilish chora-tadbirlari to'g'risida»gi qarori bo'yicha amalga oshiriladi.

Shuningdek, qonunga ko'ra, O'zbekistonda ta‘lim darajasi yuqori bo'lmagan maktablarga malakali kadrlar jalb qilinadi. 2021 yil 1 martdan boshlab ta‘lim sifati past maktablarda dars berish uchun boshqa hududlardan jalb qilingan oliy va birinchi toifaga ega o'qituvchi-pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga maxsus ustama belgilanadi. Shuningdek, ular quyidagi tartibda ajratiladi:

  • bir ma‘muriy-hududiy birliklar doirasida boshqa tuman va shaharlardan kelib faoliyat yuritayotgan o'qituvchi-pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga 50 foiz;
  • boshqa ma‘muriy-hududiy birlikdan kelib faoliyat yuritayotgan o'qituvchi-pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga 100 foiz maxsus ustama to'lanadi.

Ta‘kidlanishicha, ta‘lim darajasi yuqori bo'lmagan maktablarda dars berish uchun boshqa hududda kamida bir yil ishlagan oliy va birinchi toifaga ega o'qituvchi-pedagoglar jalb qilinadi:

  • ta‘lim darajasi yuqori bo'lmagan maktablarda dars berish uchun boshqa hududda kamida bir yil ishlagan oliy va birinchi toifaga ega o'qituvchi-pedagoglar jalb qilinadi;
  • ta‘lim darajasi yuqori bo'lmagan maktablar ro'yxati Xalq ta‘limi vazirligi hamda Ta‘lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan aniqlanadi va XTVning rasmiy veb-saytida e‘lon qilinadi;
  • maxsus ustamalar ular borgan maktab ta‘lim darajasi yuqori bo'lmagan maktablar ro'yxatidan chiqarilgan yildan keyingi yil uchun ham to'lanadi.

Shu bilan birga, maxsus ustama umumta‘lim fanlaridan biri bo'yicha xalqaro tan olingan sertifikatga yoki umumta‘lim fanlarini bilish darajasi to'g'risidagi sertifikatga ega bo'lgan taqdirda to'lanadi. Hujjat bilan Ta‘lim darajasi yuqori bo'lmagan maktablarda ta‘lim berish uchun boshqa hududlardan o'qituvchi-pedagoglarni jalb etish tartibi to'g'risidagi nizom tasdiqlangan va u quyidagilarni o'z ichiga oladi:

  • Xalq ta‘limi vazirligi tomonidan Ta‘lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan ta‘lim darajasi yuqori bo'lmagan maktablarning ro'yxatini shakllantirish tartibi;
  • ta‘lim darajasi yuqori bo'lmagan maktablarda dars berishi uchun boshqa hududlardan o'qituvchi-pedagoglarni jalb etish sxemasi;
  • pedagoglarga qo'yiladigan talablar;
  • boshqa hududlardan jalb qilingan o'qituvchilarni ishga qabul qilish va mehnatiga qo'shimcha haq to'lash tartibi.

Ma‘lum qilinishicha, ushbu islohotlar Vazirlar Mahkamasining 15 oktyabrdagi «Ta‘lim darajasi yuqori bo'lmagan maktablarga malakali o'qituvchi-pedagoglarni jalb qilish chora-tadbirlari to'g'risida»gi 646-sonli qarori asosida amalga oshadi.

Avvalroq O'zbekiston maktablarida inklyuziv ta‘limni tashkil etish tartibi belgilangani va O'zbekistonda rus maktablari tashkil etilishi mumkinligi xabar berilgan.