Bugunning eng sara suratlarini e‘tiboringizga havola etamiz.

Foto: «Getty Images»

Suriyalik qochqin qizning ramzi bo'lgan «Kichkintoy Amal» ismli qo'g'irchoq Buyuk Britaniyaga olib kelindi.

Foto: «Anadolu Agency»

Kolumbiyaning Nuevo Kolona shahrida Hellouin bayrami arafasida qovoqlar musobaqasi o'tkazildi.

Foto: «EPA»

Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In Seulda o'tayotgan ADEX 2021 mudofaa ko'rgazmasiga tashrif buyurdi.

Foto: «EPA»

Iordan daryosining g'arbiy sohilidagi Nablus shahrida samaritlar jamoasi Sukkot bayrami sharafiga o'z diniy rituallarini amalga oshirdi.

Foto: «Vostock Photo»

Shri Lankada Buddaviy rohiblar to'lin oy sharafiga ibodatxonalarda ibodat qilmoqda.

Foto: «TASS»

Quyi Saksoniyada kuz. Germaniya.

Foto: «PA»

Britaniyaning Taynmut shahrida qochqinlarni qo'llab-quvvatlash aksiyasi bo'ldi.

Foto: «Getty Images»

Xitoyning Kunmin shahri hayvonot bog'ida fil bolasi dunyoga keldi.

Foto: «AP»

Hindisstonning Assam shtati maktablarida ta‘lim qayta tiklandi.

Foto: «TASS»

Moskvada o'tgan Afg'oniston bo'yicha muzokaralarda «Tolibon» hukumatidan o'zbek millatiga mansub Abdulsalom Hanafiy ham ishtirok etdi.