Xabbl teleskopi yangi yulduzlarning g'ayrioddiy suratini namoyish qildi. Bu haqda «Space» xabar berdi.

Foto: «National Geography»

Ma‘lum qilinishicha, tasvirda yangi yulduzning portlashdan keyingi qoldiqlarini ko'rish mumkin. Mazkur ob‘ekt «N 63A» deb nomlangan va u Katta magellan bulutida (Somon yo'lining yo'ldosh galaktikasi) joylashgan. Mazkur bulut bir nechta yulduz hosil qiluvchi hudud yoki tumanliklardan iborat, bu yerda katta gaz buluti yosh yulduzlarga aylanadi.

Ta‘kidlanishicha, tasvirdagi yangi yulduzlar qoldig'ining atrofi ko'p sonli yulduzlar bilan o'ralgan. Kosmik ob‘ekt o'zidan gaz va og'ir elementlarni ishlab chiqaradi va kosmosda yulduz va sayyoralarning paydo bo'lishiga hissa qo'shadi. NASA ma‘lumotlariga ko'ra, «N 63A» ob‘ekti hali ancha yosh va u kelajakda o'zining yulduzlar hosil qiladigan hududini yaratishi mumkin.

Foto: NASA

Avvalroq Xabbl teleskopi noyob kosmik jismni suratga olgani ma‘lum qilingan. Shuningdek, Oydagi eng mashhur krater Yerdan yangi texnologiya yordamida suratga olingani aytilgan.