Samarqand viloyatida arxitektura yodgorliklari soni O'zbekiston bo'yicha eng ko'p ekani ma‘lum qilindi. Bu haqda Davlat statistika qo'mitasi xabar berdi

Foto: «Bugun.uz»

O'zbekistonda 2021 yilning 1 yanvar holatiga ko'ra, arxitektura yodgorliklari soni 2264 tani tashkil etgan. Samarqand viloyatida 562 ta yodgorlik mavjudligi ko'rsatilgan.

Hududlar kesimida Buxoroda viloyatida 507 ta, Toshkent shahrida 288 ta, Qashqadaryo viloyatida 208 ta, Farg'ona viloyatida 139 ta, Xorazm viloyatida 136 ta, Jizzax viloyatida esa 100 ta arxitektura yodgorligi borligi qayd etilgan. Ta‘kidlanishicha, Namangan viloyatida bu ko'rsatkich 98 ta, Andijon viloyatida 74 ta, Navoiy viloyati 70 ta, Surxondaryo viloyatida 36 ta, Qoraqalpog'istonda 24 ta, Sirdaryo viloyatida 15 ta, Toshkent viloyatida esa 7 tani tashkil etgan.

Avvalroq O'zbekistonning qaysi hududida eng ko'p OTM joylashgani ma‘lum qilingandi. Shuningdek, qaysi hududda eng ko'p moddiy-madaniy meros ob‘ektlari borligi haqida xabar berilgan.