NASA’ning Perseverance marsoxodi Marsda quyosh botishining noyob manzarasini suratga oldi. Bu haqda «digitaltrends.com» xabar berdi.

Foto: NASA

Ma‘lum qilinishicha, suratda quyoshning oqargan holatda botishi tasvirlangan. Quyosh sayyora uchun g'ayrioddiy yorug'likda bo'lgan Marsning qoyali landshafti orqasiga tushgan. Astronomlarning aytishicha, odatda Marsdagi quyosh botishi o'ziga xos ko'k rangga ega.

«Ammo bu quyosh botishi boshqacha ko'rinadi. Kamera artefaktlarini olib tashlash uchun fotosurat biroz oqartirilgan», degan agentlik.

Foto: NASA

Eslatib o'tamiz, NASA marsoxodi olgan yangi suratlar e‘lon qilingandi. Suratda marsoxod cayyoradagi tog' jinslari yuzasini silliqlayotgani aks etgan.