«O'zgidromet» O'zbekistonda 25 noyabr, payshanba kuni kuzatiladigan ob-havo ma‘lumotini e‘lon qildi.

Foto: «Bugun.uz»

Unga ko'ra, Toshkent shahrida havo o'zgarib turadi, kechga tomon biroz yomg'ir yog'ishi mumkin. Sharqiy shamol yo'nalishini o'zgartirib, g'arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 7–9 daraja iliq, kunduzi 18–20 daraja iliq bo'ladi.

Qoraqalpog'iston va Xorazm viloyatlarida havo o'zgarib turadi, ba‘zi joylarda biroz yomg'ir yog'ishi mumkin. Shamol g'arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ba‘zi joylarda 15–20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3–8 daraja iliq, kunduzi 5–10 daraja iliq bo'ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o'zgarib turadi, yog'ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo'nalishini o'zgartirib, g'arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ba‘zi joylarda 15–20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3–8 daraja iliq, kunduzi 14–19 daraja iliq bo'ladi.

Toshkent viloyatida havo o'zgarib turadi, kechga tomon ba‘zi joylarda biroz yomg'ir yog'ishi mumkin. Sharqiy shamol yo'nalishini o'zgartirib, g'arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ba‘zi joylarda 15–20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 6–11 daraja iliq, kunduzi 15–20 daraja iliq bo'ladi.

Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o'zgarib turadi, yog'ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo'nalishini o'zgartirib, g'arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ba‘zi joylarda 15–20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 6–11 daraja iliq, kunduzi 15–20 daraja iliq bo'ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o'zgarib turadi, yog'ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo'nalishini o'zgartirib, g'arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ba‘zi joylarda 15–20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 6–11 daraja iliq, kunduzi 17–22 daraja iliq bo'ladi.

Andijon, Namangan, Farg'ona viloyatlarida havo o'zgarib turadi, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5–10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 1–6 daraja iliq, kunduzi 10–15 daraja iliq bo'ladi.

Respublikaning tog'li hududlarida havo o'zgarib turadi, ba‘zi joylarda yog'ingarchilik (yomg'ir, qor) bo'ladi, tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo'nalishini o'zgartirib, g'arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ba‘zi joylarda 15–20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0–5 daraja iliq, kunduzi 5–10 daraja iliq bo'ladi.