Iste‘molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasi tashabbusi bilan tashkil etilgan «Sayyoh-2021» xalqaro forumi o'z ishini boshladi. Bu haqda federasiya matbuot xizmati «Bugun.uz»ga xabar berdi.

Foto: Iste‘molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasi

Ta‘kidlanishicha, forum sayyohlik oqimini yanada kengaytirish, mamlakatning ko'hna qadamjolari, shuningdek, sohasida iste‘molchilar huquqlarini himoya qilish borasida soha rivojiga to'sqinlik qilayotgan muammolarni tizimli tahlil qilishga qaratilgan muhim anjumanlardan biridir.

Kunning birinchi qismida «Xalqaro turistik huquq va turizm sohasida iste‘molchilarning transchegaraviy murojaatlari» mavzusida ma‘ruza tinglandi. Unda chet ellik sayyoh (iste‘molchi)larning murojaatlarini chet el fuqarosi bo'lishiga qaramasdan, o'z vaqtida sifatli xizmat ko'rsatish, iste‘molchilar huquqlarini himoya qilish ilg'or xalqaro tajribani joriy qilish haqida so'z borgan.

Foto: Iste‘molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasi

Turizm sohasida iste‘molchilar huquqlarini himoya qilish borasida o'tkazilayotgan «Sayyoh-2021» xalqaro forumi iste‘molchilarning transchegaraviy murojaatlarini ko'rib chiqish, ularning turizm va elektron tijorat sohasidagi huquqlarini himoya qilish borasidagi mexanizmlarni takomillashtirishi, xavfsiz turizmga oid masalalar bugun har bir iste‘molchining huquqlarini himoya qilishda muhim ekani keltirib o'tilgan.

«Zero, har bir sayyoh qaerga tashrif buyurmasin, o'sha davlatda uning iste‘molchi borasidagi huquqlari himoya qilinishi mamlakat turizmining rivoji uchun xizmat qiladi», — degan federasiya raisi Jahongir Sarimosoqov.

Avvalroq Iste‘molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasiga rais saylangani xabar qilingandi.