Polshalik arxeologlar ayol fir‘avn Xatshepsut ibodatxonasi ostida ko'plab qadimiy artefaktlar bilan to'ldirilgan sirli qabrni topdi. Bu haqda «Nauka w Polsce» xabar berdi.

Foto: «Nauka w Polsce» 

Ma‘lum qilinishicha, ushbu ibodatxonadagi qazilma ishlari 1961 yilda boshlangan. 3,5 ming yillik binoning restavrasiyasi nafaqat arxeologlar, balki professional ta‘mirlovchilar tomonidan arxitektorlar bilan hamkorlikda amalga oshirilgan. 

Foto: «Nauka w Polsce» 
Foto: «Nauka w Polsce» 

Qayd etilishicha, tadqiq etish paytida olimlar ibodatxona ostiga tushib, u yerda vayronalar qatlami bilan to'lib qolgan, shuningdek, ichida noma‘lum qabr bo'lgan xonani topgan. Qazishmalar natijasida ko'plab qimmatbaho buyumlar aniqlangan. Topilmalarning ba‘zilari O'rta Qirollik davrining boshida ishlatilgan dafn marosimi uchun zarur buyumlar ekani ma‘lum bo'lgan. Ta‘kidlanishicha, qabrning yoshi ibodatxonadan deyarli 500 yil katta. 

Foto: «Nauka w Polsce» 
Foto: «Nauka w Polsce» 
Foto: «Nauka w Polsce» 

Keltirilishicha, qabr joylashgan xona to'g'ridan-to'g'ri qoyaga o'yilgan bo'lib, 15 metrdan ortiq uzunlikdagi yo'lakni o'z ichiga oladi.

Avvalroq Tibetda toshga o'yilgan qadimgi sivilizasiya chizmalari aniqlangandi. Shuningdek, Turkiyada arxeologlar neolit davridagi bunkerni topgani va Saudiya Arabistonida dunyodagi eng qadimiy ob‘ekt aniqlangani ma‘lum qilingan.