O'zbekistonda to'lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abiturientlar uchun to'lovni amalga oshirish muddati uzaytirilishi kutilmoqda. Bu haqda Oliy ta‘lim vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Foto: «Bugun.uz»

Qayd etilishicha, to'lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abiturientlar hamda o'qishini bir oliy ta‘lim muassasasidan boshqa oliy ta‘lim muassasasiga ko'chirayotgan talabalar uchun kontrakt to'lovlarini amalga oshirish muddati uzaytirilishi mumkin.

Shuningdek, aksariyat talabalar va ularning ota-onalari bu bo'yicha murojaat qilgani aytilgan. Vazirlik mazkur holatni inobatga olib, tegishli takliflar tayyorladi va to'lov muddati uzaytirilishi kutilmoqda.

Avvalroq Botir Zokirov nomidagi san‘at instituti uchun imtihon sanasi ma‘lum bo'lgandi.