Qamchiq dovonida geologik xavfli hudud bartaraf etildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Kadr: Telegram / @MCHSUzbek

Unga ko'ra, 24 noyabr kuni FVV qutqaruvchilari Xavfli geologik jarayonlarni kuzatish davlat xizmati xodimlari bilan hamkorlikda xavfli hududdagi xavfni bartaraf etgan. Qamchiq dovonidan o'tuvchi Toshkent–O'sh xalqaro avtomobil yo'lining 248-kilometrida qutqaruvchilar yo'lga tushish xavfi bo'lgan katta tosh massalarini sun‘iy ravishda tushirish tadbirlarini amalga oshirgan.

Avvalroq dovonda yuk mashinasi temir to'siqqa urilgani haqida xabar berilgandi. Shuningdek, Qamchiqda «Spark» yo'l tagidan suv o'tkazuvchi inshootga tushib ketgani aytilgan.