Toshkent shahri Bektemir tumanida 25 noyabrda mashinaning yukxonasiga ortilgan beton ustunlar kabinaga kirib ketdi. Bu haqda Yo'l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Foto: YHXBB axborot xizmati

Qayd etilishicha, voqea soat 07:30 atrofida tuman hududidan o'tgan Sergeli–Bo'stonliq avtomobil yo'lining 18-kilometrida sodir bo'lgan. Qayd etilishicha, 26 yoshli haydovchi O.T. «Kamaz» yuk mashinasida harakatlanayotib, keskin tormoz bergan va yukxonada bo'lgan beton ustunlar joyidan siljib, avtomobilning kabina qismiga zarar yetkazgan.

Oqibatda O.T. yengil tan jarohati bilan shifoxonaga murojaat qilgan. Hozirda haydovchining ahvoli yaxshi. Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar Yo'l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari tomonidan surishtiruv ishi olib borilmoqda.

Avvalroq Namangan viloyatida Qamchiq dovonidan o'tgan avtomobil yo'lida harakatlanib kelayotgan yuk mashinasi ag'darilib ketgani xabar qilingandi.