Futbol 14:33 | 25.06.2021

Amerika kubogi. “V” guruhida 4-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi

Braziliyada o‘tayotgan Amerika kubogi “V” guruhidan o‘rin olgan 4-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.

Guruh bosqichining navbatdagi turida Ekvador Peru bilan durang o‘ynadi, Braziliya esa irodali g‘alabaga erishdi.

Caption

“V” guruhi

Ekvador — Peru 2:2 (2:0, 0:2)
24 iyun, 02.00, “Estádio Olímpico Pedro Ludovico Teixeira” stadioni
Gollar: 1:0 — 23, avtogol Tapiya, 2:0 — 45 Presiado, 2:1 — 49 Lapadula, 2:2 — 54 Karrilo.

Ekvador: Galindes, Presiado, Arboleda, Inkapie, Estupinyan, Franko (Kaysedo, 82), Mendes (Noboa, 81), Kaysedo, Presiado (Martines, 90), Dias (Mena, 64), Kampana (Estrada, 64).

Peru: Galese, Korso, Ramos, Kalens, Trauko, Tapiya, Yotun (Iberiko, 90), Karrilo, Penya (Kartaxena, 78), Kueva (Arauxo, 86), Lapadula (Ormeno, 78).

Ogohlantirishlar: Inkapie (57), Ramos (88).
 
Braziliya — Kolumbiya 2:1 (0:1, 2:0)
24 iyun, 05.00, “Enjenyan” stadioni
Gollar: 0:1 — 10 Dias, 1:1 — 78 Firmino, 2:1 — 90+10 Kazemiro.

Braziliya: Ueverton, Danilo, Markinos, Tiago Silva, Aleks Sandro (Lodi, 62), Everton Ribeyro (Firmino, 46), Kazemiro, Fred (Lukas Paketa, 68), Risharlison (Gabriel Barboza, 77), Gabriel Jezus (Everton, 77), Neymar.

Kolumbiya: Ospina, Munos, Mina, Sanches, Tesilo, Kuadrado, Barrios, Uribe, Dias (Murilo, 90), Borre (Kuelyar, 64), Sapata (Borxa, 64).

Ogohlantirishlar: Aleks Sandro (14), Everton Ribeyro (27), Kuadrado (70), Ospina (81), Neymar (87), Barrios (90), Kuelyar (90).

Avvalroq ushbu guruhning 3-tur o‘yinlari haqida xabar berilgandi. Shuningdek, turnirda koronavirusga chalinganlar soni 140 kishiga etgani aytib o‘tilgandi.