Futbol 14:28 | 25.06.2021

Evro-2020. Germaniya va Vengriya o‘yini yakunlandi

Evropa chempionatining “F” guruhidan o‘rin olgan Germaniya va Vengriya o‘yini 2:2 hisobida yakunlandi.

Germaniyadagi “Myunxen Arena” stadionida bo‘lib o‘tgan bahsda g‘olib nomi aniqlanmadi.

Caption

Uchrashuvdagi birinchi golni Vengriya futbolchisi Salai 11-daqiqada urdi. Ikkinchi bo‘limning 66-daqiqasida nemislar vakili xaverts hisobni tenglashtirdi (1:1). Oradan ikki daqiqa o‘tib, Shafer Vengriyaning ikkinchi golini kiritdi (1:2). Goretska esa 84-daqiqada Germaniyaning ikkinchi golini urdi (2:2).

O‘yindagi hisob boshqa o‘zgarmadi va “F” guruhidagi 3-turning har ikkala o‘yinida ham durang natija qayd etildi.

Ma'lumot o‘rnida, Vengriya terma jamoasi 2 ochko bilan guruhda so‘nggi o‘rinni egalladi va turnirdagi ishtirokini yakunladi.

Avvalroq terma jamoalar o‘zaro o‘yin uchun qanday tarkibda maydonga tushgani ma'lum qilingandi. Shuningdek, Portugaliya va Frantsiya o‘rtasidagi o‘yin natijasi haqida xabar berilgan edi.