Futbol 14:48 | 25.06.2021

Evro-2020. Guruh bosqichidan so‘ng to‘purarlar ro‘yxati ma'lum bo‘ldi

Evropa chempionati guruh bosqichidan so‘ng to‘purarlar ro‘yxati ma'lum bo‘ldi. Bu haqda “Sport.ua” xabar berdi.

Caption

Guruh bosqichi yakuniga ko‘ra, portugaliyalik forvard Krishtianu Ronaldu to‘purarlar ro‘yxatida peshqadam bo‘lib turibdi.

To‘purarlar jadvali quyidagi ko‘rinish olgan:

1. Krishtianu Ronaldu (Portugaliya) — 5 ta gol 
2. Patrik Shik (Chexiya) — 3 ta gol
3. Emil Forsberg (Shvetsiya) — 3 ta gol
4. Romelu Lukaku (Belgiya) — 3 ta gol
5. Robert Levandovski (Polsha) — 3 ta gol
6. Chiro Immobile (Italiya) — 2 ta gol
7. Memfis Depay (Niderlandiya) — 2 ta gol
8. Sherdan Shakiri (Shveytsariya) — 2 ta gol
9. Roman Yaremchuk (Ukraina) — 2 ta gol
10. Aleksandr Yarmolenko (Ukraina) — 2 ta gol

Ma'lumot o‘rnida, Evro-2020’ning yakunlangan guruh bosqichi holatiga ko‘ra, jami 94 ta gol kiritildi. Ronaldu, Lukaku, Levandovski va Veynaldum musobaqaning 13,16 foiz golini urdi.

Avvalroq Evro-2020 nimchorak finalining barcha juftliklari va o‘yinlarning o‘tkazilish sanasi ma'lum qilingandi. Shuningdek, Ronalduning Evropa chempionatidagi navbatdagi rekordi haqida xabar berilgandi.