Futbol 14:21 | 25.06.2021

Evro-2020. xorvatiya va Shotlandiya o‘yini yakunlandi

Evro-2020’ning “D” guruhidan o‘rin olgan xorvatiya va Shotlandiya o‘yini yakunlandi.

Foto: UEFA

Londondagi “Uembli” stadionida bo‘lib o‘tgan bahsda xorvatlar Shotlandiyani 3:1 hisobida mag‘lub etdi.

Uchrashuvning 17-daqiqasida Niko Vlashich xorvatiyani hisobda oldinga olib chiqdi. Birinchi taym nihoyasiga etishiga 3 daqiqa qolganda Makgregor muvozanatni tikladi (1:1). 62-daqiqada Luka Modrichning jarima maydonchasi tashqarisidan tepgan to‘pini darvozabon qaytara olmadi (2:1). 77-daqiqada Modrich tomonidan tepilgan burchak to‘pini Perishich golga aylantirdi(3:1). Yakuniy hisob 3:1 va xorvatiya pley-offda.

Ma'lumot o‘rnida, xorvatlar 1 tadan mag‘lubiyat, durang va g‘alabali natija qayd etib, 4 ochko to‘plagan holda “D” guruhida 2-o‘rin bilan musobaqaning chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Avvalroq Chexiya—Angliya o‘yini natijasi haqida xabar berilgandi. Shuningdek, Amerika kubogining eng qimmat futbolchilardan tuzilgan ramziy terma jamoasi ma'lum qilingandi.