Krishtianu Ronaldu Evro-2020 guruh bosqichining barcha uchrashuvida gol kiritgan ilk portugaliyalik futbolchiga aylandi. Bu haqda “Sports.ru” xabar berdi.
Caption
Portugaliyalik hujumchi dastlabki turda Vengriya darvozasiga ikkita to‘p kiritdi (3:0). Ikkinchi turda Germaniya darvozasiga ham yo‘l topa oldi. Shuningdek, so‘nggi tur bahsini Frantsiyaga qarshi o‘tkazib, dublga erishdi.
Ronaldu ayni vaqtda 5 ta gol bilan Evro-2020 to‘purari bo‘lib turibdi. Uning jamoasi esa pley-off yo‘llanmasiga ega chiqdi.
Avvalroq Portugaliya—Frantsiya o‘yini haqida ma'lumot berilgandi. Shuningdek, frantsuzlar ustozi o‘yindan avval Portugaliya haqida fikr bildirgandi.