Futbol 14:51 | 25.06.2021

Superliganing qoldirilgan 9-turida “Metallurg” “Nasaf”ni qabul qiladi

Coca-Cola Superligasining qoldirilgan 9-tur doirasida “Metallurg” va “Nasaf” uchrashuvi uchun “Nasaf” matbuot xizmati prevyu e'lon qildi.

Foto: PFL

“Ajdarlar”ning OFK kubogida ishtiroki tufayli Coca-Cola Superligasi 9-turidan o‘rin olgan “Metallurg”—“Nasaf” uchrashuvi qoldirilgan edi. “Nasaf” ushbu hafta Bekobodda “Metallurg” jamoasi mehmoni bo‘ladi. 

Jamoalar O‘zbekiston chempionatida shu vaqtga qadar 46 bor maydonga tushgan. Ortda qolgan 11 uchrashuvda bekobodliklar, 29 o‘yinda esa “ajdarlar” g‘alabani qo‘lga kiritgan. 6 uchrashuvda esa durang natija qayd etilgan. To‘plar nisbati — 36:76, qarshiliklar foydasiga.

Jamoalar o‘zaro so‘nggi uchrashuvini 2020 yili 26 oktyabr kuni Bekobodda o‘tkazgan. Ushbu o‘yinda “ajdarlar” 2:0 hisobida g‘alabaga erishgan. 

O‘zaro uchrashuvlarda qayd etilgan eng yirik g‘alabalar quyidagicha: 

“Metallurg” 3:0 “Nasaf”; 
“Nasaf” 7:0 “Metallurg”.

Jamoalar so‘nggi besh uchrashuvda quyidagi natijalarni qayd etgan:

26.10.2020, “Metallurg”—“Nasaf” 0:2;
06.07.2020, “Nasaf”—“Metallurg” 1:0;
31.07.2019, “Nasaf”—“Metallurg” 1:2;
23.06.2019, “Metallurg”—“Nasaf” 0:1;
12.06.2018, “Metallurg”—“Nasaf” 2:2.

Eslatib o‘tamiz, uchrashuv 23 iyun, chorshanba kuni soat 20:00 da boshlanadi.

Avvalroq “AGMK” va “Qizilqum” uchrashuvi yakunlangani ma'lum qilingandi. Shuningdek, Superliganing 10-tur o‘yinlari nihoyasiga etganligi haqida xabar berilgandi.