Yangiliklar 21:08 | 17.08.2021

Qashqadaryoda sportchi o‘ldirib ketilgani aytilmoqda — video

Qashqadaryo viloyatida sport ustasi Elbek Rahimov o‘z uyida o‘ldirib ketildi. Bu haqda O‘zbekiston bosh prokuraturasi matbuot xizmati “Bugun.uz”ga ma'lum qildi.

Kadr: Telegram

Unga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Jinoyat ishi doirasida 7 nafar shaxs gumonlanuvchi tariqasida jalb qilinib, ulardan 6 nafari protsessual tartibda ushlangan. 


Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq sportchi Murod xonto‘raev avtohalokatga uchrab, vafot etgani ma'lum qilingandi.