Shahzod Ubaydullaev Belarus yuqori ligasi doirasida “Energetik BGU” safida birinchi golini urdi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Kadr: Telegram

O‘zbekistonlik futbolchi Belarus yuqori ligasining 20-turidan o‘rin olgan “BATE”ga qarshi o‘yinning 12-daqiqasida jamoasini oldinga olib chiqdi. Chap qanotdan uzatib berilgan to‘pni Ubaydullaev darvozaning uzoq pastki burchagiga aniq yo‘lladi.

Ma'lumot o‘rnida, bu Ubaydullaevning Belarus klubi safidagi ilk goli hisoblanadi.

Avvalroq Eldor Shomurodov “Roma”dagi ilk rasmiy o‘yinida gol urgani ma'lum qilingandi. Shuningdek, o‘zbekistonlik futbolchi bir o‘yinda ikkita gol va sakkizta golli uzatma amalga oshirgani aytilgandi.