Bobur Abduxoliqov Belarusiyaning “Energetik-BGU” klubidagi debyut golini urdi.

Foto: “Energetik-BGU” klubi rasmiy sayti

Belarusning “Energetik-BGU” klubi o‘zbekistonlik hujumchilar — Bobur Abduxoliqov va Shahzodbek Ubaydullaev bilan shartnoma imzolangan edi. Ular Belarus chempionati doirasidagi “Jodino”ga qarshi uchrashuvda jamoasining golida ishtirok etdi. 28-daqiqada Ubaydullaev etkazib bergan to‘pni Abduxoliqov golga aylantirdi.

Avvalroq Jasur Yaxshiboyev “Sherif” klubiga o‘tgani aytilgandi. Shuningdek, “Sherif”ning ChLdagi “Shaxtyor”ga qarshi tarkibi ma'lum qilingan.