Toshkent shahri ilk bor mezbonlil qilgan triatlon bo‘yichi Osiyo kubogi yakunlandi. Bu haqda Turizm va sport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Turizm va sport vazirligi matbuot xizmati
 
Musobaqa reglamentga ko‘ra, 750 metrga suzish, 20 km velopoyga va 5 km yugurish dasturida o‘tkazildi. G‘olib va sovrindorlar ro‘yxati quyidagi ko‘rinishda bo‘ldi:

Erkaklar:

1. Badr Sivane (Marokash) – 55:32;
2. Matsey Bruzdyak (Polsha) – 55:36;
3. Vitali Vorontsov (Ukraina) – 55:41.

Ayollar:

1. Paulina Klimas (Polsha) – 1:01.16;
2. Eva Daniels (Lyuksemburg) – 1:01.44;
3. Liza Berger (Shveytsariya) – 1:01.42.

Taqdirlash marosimida Turizm va sport vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi va O‘zbekiston triatlon federatsiyasi mutasaddilari ishtirok etdi. 10 oktyabr kuni esa ushbu sport turi bo‘yicha shug‘ullanayotgan havaskorlar o‘zaro bellashishdi.

Avvalroq Dzyudo bo‘yicha 21 yoshgacha bo‘lganlar o‘rtasidagi JChning yakkalik bahslari yakunlangani haqida xabar berilgan. Shuningdek, O‘zbekistonlik bokschi qizlar xalqaro turnirda 6 ta medal qo‘lga kiritgani ma'lum qilingan.