O‘zbekiston boks terma jamoasining jahon chempionatida ishtirok etish uchun chaqirilgan tarkibi ma'lum bo‘ldi. Bu haqda Turizm va sport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi

Foto: Turizm va sport vazirligi matbuot xizmati

Serbiyaning Belgrad shahrida 22 oktyabrdan 7 noyabrgacha boks bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tadi. Ushbu jahon chempionatida ham O‘zbekiston terma jamoasi to‘liq tarkib bilan ishtirok etishi kutilmoqda.

Har ikki yilda bir marotaba tashkil etiladigan musobaqaga terma jamoaning bu tarkibiga Rio olimpiadasi vitse chempioni, 2017 yil Germaniyada o‘tkazilgan jahon chempionati g‘olibi Shahram G‘iyosov va Olimpiya chempioni Hasanboy Do‘smatov ham kiritilgan.

Shuningdek, terma jamoaning asosiy tarkibidan Nodir Mirzahmedov, Shahobiddin Zoirov, Miraziz Mirzahalilov, Abdumalik xalokov, Mujibullo Tursunov, Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jaev, Saidjamshid Jafarov, Odil Aslonov, Shohjahon Abdullaev, Madiyor Saidrahimov, Laziz Mullajonov joy oldi. Bokschilar bosh murabbiy Marat Qurbonov rahbarligida mashg‘ulotlar olib bormoqda. 

Eslatib o‘tamiz, 2019 yilda tashkil etilgan so‘nggi jahon chempionatida o‘zbekistonlik bokschilar 3 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza medallarini qo‘lga kiritgan holda umumjamoa hisobida 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan edi.

Avvalroq Toshkent shahri ilk bor mezbonlil qilgan triatlon bo‘yichi Osiyo kubogi yakunlangani haqida xabar berilgan. Shuningdek, O‘zbekistonlik bokschi qizlar xalqaro turnirda 6 ta medal qo‘lga kiritgani ma'lum qilingan.