Yangiliklar 12:25 | 13.10.2021

Oston O‘runov “Spartak”daligida nimalar bilan shug‘ullangan?

“Rostov” yarim himoyachisi Kirill Volmer “UFA” yarim himoyachisi Oston O‘runov haqidagi savolga javob berdi. Bu haqda “Sport24” xabar berdi.

Foto: “Sport24”

Jurnalist futbolchidan O‘runovning “Spartak”da nima bilan shug‘illangani haqida savol berdi. Volmer unga quyidagicha javob berdi:

“O‘zbekistondan kelishi bilanoq kiyim xarid qilar edi. U do‘konma-do‘kon yurish ishqibozi edi. O‘z yurtida ham ko‘p xarid qilgan bo‘lsa, ajab emas. Anig‘ini bilmayman-u, lekin o‘ylashimcha, u qo‘lida sotib olgan  buyunlari bor paketlar bilan suratga tushishni yaxshi ko‘rardi”.

Avvalroq Oston O‘runov “UFA” tibbiy ko‘rigidan o‘tgani ma'lum qilingan. Shuningdek, Oston O‘runov “UFA”ga qaytgani haqida xabar berilgan.