Jaloliddin Masharipov Osiyo chempionlar ligasida dubl qayd etdi.

Foto: “Al-Nassr” futbol klubi rasmiy sayti

Turnirning chorak finalida “Al-Nassr” safarda “Al-Vahda” mehmoni bo‘ldi. Uchrashuvda mehmonlar 5:1 hisobida g‘alaba qozonishga erishdi. Gollarning ikkitasiga o‘zbekistonlik legioner Jaloliddin Masharipov mualliflik qildi va yana bir golga uzatmani amalga oshirdi. 

Shu tariqa, “Al-Nassr” yarim finalga yo‘l oldi. Saudiya klubi “Persepolis” va “Al-Hilol” jamoalari bellashuvi g‘olibi bilan o‘ynaydi.

Avvalroq Shahzod Ubaydullaev “Energetik BGU” safidagi ilk golini urgani ma'lum qilingan. Shuningdek, Bobur Abduxoliqov “Energetik-BGU”dagi debyut golini urgani haqida xabar berilgandi.