Rossiyaning “Spartak” hamda “Dinamo” klublari o‘yinida futbolchilar o‘rtasida mushtlashuv yuzaga keldi. Bu haqda Telegram’dagi “Baza” kanali xabar berdi.

Foto: “News24-7.ru”

Rossiya Premer-ligasining 11-turida “Spartak” va “Dinamo” o‘yini paytida futbolchilar o‘rtasida janjal kelib chiqqan va hakam 7 nafar futbolchiga sariq kartochka ko‘rsatgan. Moskvaning ikki jamoasi o‘rtasidagi uchrashuv 2:2 hisobida nihoyasiga etgan.

Avvalroq “Sherif” futbolchilari safar o‘yinida raqibi bilan mushtlashib ketgani aytilgandi. Shuningdek, Bosniyada muxlislar futbol hakamlariga hujum qilib, mashinasini yoqib yuborgandi.