xitoyning Pekin shahrida 2022 yilda bo‘lib o‘tadigan qishki Olimpiada o‘yinlari mash'alasi yoqildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Foto: Halqaro Olimpiya Qo‘mitasi

Gretsiyada Pekin–2022 qishki Olimpiada o‘yinlari mash'alasi yoqildi. Qishki Olimpiada Pekinda 2022 yilning 4–20 fevral kunlari bo‘lib o‘tadi. Unda 102 yo‘nalishda medallar uchun kurash boradi.

Avvalroq Olimpiada medallari uchun mukofot jamg‘armasi yuqori bo‘lgan davlatlar reytingi e'lon qilingandi. Shuningdek, Olimpiada chempionining yo‘qolgan medallarini jinoyatchilar bir quti shirinlik bilan qaytargandi.