“Sherif” futbolchisi Jasur Yaxshiboyev Chempionlar ligasi 3-tur doirasidagi “Inter”ga qarshi bahsni o‘tkazib yuboradi. Bu haqda klub murabbiyi matbuot anjumanida aytib o‘tdi.

Foto: “Gettyimages”

Yuriy Vernidub jamoadagi hamma o‘yinga tayyormi, deb berilgan savolga quyidagicha javob berdi.

“Ikki o‘yinchimizda jarohat bor. Bizning hujumchimiz Yaxshiboyevda mikrojarohat bor. Shuningdek, bugun biz bilan jamoaning asosiy darvozaboni Atanasiadis birga emas. Qolgan hamma ‘jang’ga tayyor”, — dedi Vernidub.

Oldinroq Jasur Yaxshiboyev jarohati sabab terma jamoa yig‘inini ham o‘tkazib yuborgandi.

Avvalroq “Sherif” bosh murabbiyi qaysi jamoa o‘yinlarini doimiy tarzda kuzatib borishini aytgandi. Shuningdek, Yaxshiboyev qaysi jamoaga qarshi o‘ynashni orzu qilgani haqida gapirgan.