“Real” yarim himoyachisi Luka Modrich yaqinlashib kelayotgan “Oltin to‘p” haqida gapirdi. Bu haqda “Marca.com” xabar berdi.

Foto: “Marca.com”

Uning fikricha, 2021 yilgi oltin to‘p Benzemaga beriladi. 

“Ko‘ramiz, bir nechta nomzod bor. Benzema ulardan biri va umid qilamanki, u g‘alaba qozonadi. U bu yilgi o‘yin uslubi va faoliyati tufayli bunga loyiq. U har doim eng yuqori darajada o‘ynagan, Frantsiya terma jamoasida kubok olgan, bu ham muhim.

U, albatta, da'vogarlardan biri. Umid qilamanki, Karim g‘alaba qozonadi”, — dedi “Oltin to‘p-2018” sohibi.

Avvalroq Jorje Mendesh Ronalduning “Oltin to‘p”ni olishi haqida gapirgandi. Shuningdek, Pochettino “Oltin to‘p” kimga berilishi kerakligini aytgandi.