O‘zbekistonlik marhum MMA jangchisi Murod xonto‘raevning o‘g‘li muay tay ochiq chempionatida o‘zining ilk jangini o‘tkazdi. Bu haqda uning amakisi Tohir xonto‘raev Instagram sahifasida ma'lum qildi.

Foto: Instagram / @kxanturaev_t

Unga ko‘ra, Yasin xonto‘raev Toshkentda o‘tkazilgan muay tay ochiq chempionatida ilk bor jang qildi va g‘alaba qozondi.

Eslatib o‘tamiz, marhum Murod xonto‘raev O‘zbekiston MMA assotsiatsiyasi prezidenti hisoblanardi. U 2021 yilning 19 iyul kuni avtohalokatga uchrab, vafot etgandi.

Avvalroq O‘zbekiston aralash jang san'atlari assotsiatsiyasiga vitse-prezident saylangani haqida xabar berilgandi.