O‘zbekistonlik bokschi Shahram G‘iyosov o‘z Instagram sahifasida raqibi Ronel Iglesias Sotolongo bilan tushgan suratini joyladi.

Foto: Instagram / @shakhram__giyasov

Shahram ushbu suratga quyidagicha izoh qoldirdi:

“Bugun azaliy raqibim va do‘stim Ronel Iglesias Sotolongo bilan sparringa tushdik. Oxirgi marta 2017 yil jaxon chempionatida tushgan edik. Endi navbat 2021 Serbiya”.

Avvalroq Shahram G‘iyosov nima uchun havaskor boksda ishtirok etayotganini ma'lum qilgandi. Shuningdek, jahon chempionatida ishtirok etish uchun O‘zbekiston terma jamoasiga chariqilgan boskchilar ro‘yxati e'lon qilingandi.