Evropa Chempionlar ligasi doirasidagi “Barselona” va “Dinamo Kiev” o‘rtasidagi o‘yin yakunlandi.

Foto: “Gettyimages”

“Kamp Nou”da bo‘lib o‘tgan uchrashuv stadion egalari foydasiga hal bo‘ldi. O‘yindagi yagona gol 37-daqiqada Pike tomonidan kiritildi va “Barselona” chempionlar ligasidagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi. 
Mazkur turdan keyin “Barselona” 3 ochko bilan 3-o‘rinni, “Dinamo Kiev” 1 ochko bilan 4-o‘rinni band etib turibdi. 

Avvalroq jamoalar asosiy tarkibga qaysi futbolchilarni maydonga tushirgani ma'lum qilingandi. Shuningdek,  “Barselona”ning 3 nafar asosiy o‘yinchisi “El-Klassiko”ni o‘tkazib yuborishi haqida xabar berilgan.