Evropa ligasining 3-turidan o‘rin olgan “Spartak” va “Lester” o‘rtasidagi o‘yin yakunlandi.

Foto: “Gettyimages”

Uchrashuv 3:4 hisobida “Lester Siti” foydasiga hal bo‘ldi. Gollarga rossiyaliklar tarkibida  Larsson va Sobolev (dubl) mualliflik qilgan bo‘lsa, mehmonlar tarkibida Daka 4 ta gol urib poker qayd etdi va jamoasining g‘alabasini ta'minladi.

Mazkur turdan keyin “Lester” 4 ochko bilan ikkinchi, “Spartak” 3 ochko bilan guruhda uchinchi o‘rinni egalladi.

Avvalroq “MYu” “Lester”ga qarshi o‘yinga samolyotda borgani uchun tanqid qilingandi. Shuningdek, “Lester” “Sautgempton” futbolchisini sotib olgani haqida xabar berilgan.