FIFA prezidenti Janni Infantino 20 dekabr kuni futbol taqvimi muhokama qilinadigan sammit o‘tkazilishini ma'lum qildi. Bu haqda “Sistoney” xabar berdi.

Foto: FIFA

xabarga ko‘ra, terma jamoalar taqvimidagi islohotlar va har ikki yilda jahon chempionatlarini o‘tkazish imkoniyatlari muhokama qilinadi.

“Futbolning tuzilishini qayta ko‘rib chiqish kerak. Muxlislar uchun muhim bo‘lgan voqealar ko‘proq bo‘lishi, lekin taqvimga yangi qo‘shimcha o‘yinlar qo‘shmaslik kerak.

Biz, albatta, kelisha olamiz. Bu bizning asosiy maqsadimiz. Biz hech kimdan rozi bo‘lishni so‘ramaymiz, biz faqat muloqotni boshlashni so‘rayapmiz”, — dedi Infantino.

Avvalroq FIFA prezidenti JChni har 2 yilda o‘tkazish imkoniyatini baholagan. Shuningdek, Infantino JChni Isroil va Falastinda o‘tkazish haqida gapirgandi.