OFK kubogi-2021 doirasidagi Qarshining “Nasaf” va Gongkongning “Li Man” klublari o‘rtasidagi uchrashuv yakunlandi.

Foto: “Nasaf” futbol klubi matbuot xizmati

Qarshidagi “Markaziy” stadionda o‘tgan o‘yinda “Ajdarlar” Gongkongning “Li Man” jamoasi ustidan 3:2 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuvda gollarni “Nasaf”dan Fernando Resio avtogol, Husayn Norchaev va Kaluderovich kiritdi.

“Li Man” safidan Jivanilton Ferreyra va xose Anxel penaltidan gol urdi.

Shu bilan “Nasaf” finalga chiqqani uchun 750 ming dollar pul mukofotiga ega bo‘ldi. Shuningdek, “Nasaf”ning finaldagi raqibi “Al-Muxarrak”–“Al-Kuvayt” o‘rtasidagi bahsda aniq bo‘ladi.

Avvalroq jamoalarning asosiy tarkiblari e'lon qilingandi. Shuningdek, “Nasaf”ning yillik byudjeti qancha ekani ma'lum bo‘lgan.