OFK kubogi doirasida Qarshining “Nasaf” klubi finlada Bahraynning “Al Muharraq” klubi bilan o‘ynaydi.

Foto: “Nasaf” futbol klubi matbuot xizmati

Qarshiliklar o‘z maydonida bo‘lgan yarim final o‘yinida Gongkongning “Li Man” klubini 3:2 hisobida mag‘lub etdi va finalga chiqdi.

Ikkinchi yarim final esa Bahraynning “Al Muharraq” va Quaytning “Kuvayt SK” jamoalari o‘rtasida bo‘ldi. Unda mezbonlar 2:0 hisobida g‘alaba qozondi va “Nasaf” bilan chempionlik uchun o‘ynaydigan bo‘ldi.

Ma'lumot uchun, final uchrashuvi 5 noyabr kuni “Al Muharraq” stadionida bo‘lib o‘tadi.

Avvalroq “Nasaf” turnir finaliga chiqqani haqida xabar berilgandi. Shuningdek, “Nasaf”ning yillik byudjeti qancha ekani ma'lum bo‘lgan.