“Real” sobiq bosh murabbiyi Zinedin Zidan “Manchester Yunayted” ni boshqarishi mumkin. Bu haqda “Elchiringuitotv” xabar berdi.

Foto: “Readfootball.com”

Klub frantsiyalik mutaxassis bilan Krishtianu Ronalduning tavsiyasi bilan bog‘langan. Hozirda “Manchester Yunayted”ni Ole-Gunnar Sulsher boshqaradi. Premer-liganing 8-turidan so‘ng “qizil iblislar” 14 ochko bilan turnir jadvalida 6-o‘rinni egallab turibdi.

Avvvalroq Sulsher keyingi 15 yilda kim eng yaxshi forvard bo‘lishini aytgandi. Shuningdek, “Liverpul” futbolchisi Jeymi Karrager “Manchester Yunayted”ga yangi bosh murabbiy kerakligini aytgani ma'lum qilingan.