Evropa Chempionlar ligasi doirasidagi “Manchester Yunayted” va “Atalanta” o‘rtasidagi o‘yin yakunlandi.
Foto: “Gettyimages”

Uchrashuv “qizil iblislar” foydasiga 3:2 hisobida nihoyasiga etdi. Gollarga mezbonlar tarkibida Reshford, Maguayr va Ronaldu mualliflik qilgan bo‘lsa, mehmonlar tarkibida Demiral va Pashalich o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi.
Mazkur turdan keyin “Manchester Yunayted” “F” guruhida 6 ochko bilan 1-o‘rinni, “Atalanta” 4 ochko bilan 2-o‘rinni band etib turibdi. 

Avvalroq jamoalar asosiy tarkibga qaysi futbolchilarni maydonga tushirgani ma'lum qilingandi. Shuningdek, Zinedin Zidan “Manchester Yunayted” ni boshqarishi mumkinligi haqida xabar berilgan.