Yangiliklar 10:22 | 24.10.2021

Mayk Tayson Logan Pol bilan jang qilishi mumkin

Og‘ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Mayk Tayson navbatdagi jangini blogger Logan Polga qarshi o‘tkazishi mumkin. Bu haqda “KeemStar” xabar berdi.

Foto: “Cosmo.ru”

xabarga ko‘ra, boks kechasi 2022 yilning boshida o‘tkaziladi. Avvalroq Tayson aka-uka Pollar bilan duel o‘tkazishga qiziqayotganini aytgandi.

Oxirgi jangda Logan Pol besh divizionning sobiq jahon chempioni Floyd Meyvezer bilan boks qilgan, o‘tgan noyabrda esa Tayson to‘rt divizionning sobiq jahon chempioni Roy Jons bilan jang o‘tkazgan.‌‌ 

Avvalroq Tayson aka-uka Pollarning biri bilan jang qilish istagi borligini aytgandi. Shuningdek, u ko‘cha jangida qatnashmoqchi ekanini ma'lum qilgandi.