Yangiliklar 17:06 | 26.10.2021

FIFA prezidenti “Paxtakor”ni O‘zbekiston chempioniga aylangani bilan tabrikladi

FIFA prezidenti Janni Infantino O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidenti Abdusalom Azizovga “Paxtakor”ning O‘zbekiston chempioniga aylangani munosabati bilan tabrik yo‘lladi. Bu haqda “Paxtakor” futbol klubi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: “The Times”

Ushbu tabrikda quyidagi so‘zlar yozilgan:

“Toshkentning ‘Paxtakor’ futbol klubini 2021 yil O‘zbekiston chempioniga aylangani bilan tabriklashga ijozat bergaysiz. Ushbu muhim sovrin bilan klubdagi har bir inson mashaqqatli mehnati, ishtiyoq va sadoqati bilan g‘ururlana oladi. Tabrigimni klubga aloqadar barcha insonlarga etkazishingizdan mamnun bo‘lardim. Ularni shunday jamoaviy ruh, ehtiros va qat'iyat bilan ishlashda davom etishga chaqiraman”.

Avvalroq “Paxtakor” O‘zbekiston chempioniga aylangani haqida xabar berilgandi. Shuningdek, “Neftchi” Superliga yo‘llanmasini qo‘lga kiritgani ma'lum qilingandi.