Yangiliklar 11:50 | 03.11.2021

O‘zbekiston dzyudo jamoasi harbiylar o‘rtasidagi JChda bronza medalini qo‘lga kiritdi

O‘zbekistonlik dzyudochilar harbiylar o‘rtasidagi Jahon chempionatining jamoaviy bahslarida bronza medalini qo‘lga kiritdi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati

Parij shahrida dzyudo bo‘yicha harbiylar o‘rtasida jahon chempionati o‘z yakuniga etdi. So‘nggi jamoaviy bellashuvlarda o‘zbekistonlik dzyudochilar shohsupaga ko‘tarildi.

Chorak finalda Braziliyadan ustun kelgan polvonlar yarim finalda avstriyalik raqiblariga kichik hisobda imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Bronza medali uchun kechgan bahsda Eron jamoasi mag‘lub etildi.

O‘zbekistonlik qizlar uchinchi o‘rin uchun bahsda avstriyalik raqibalariga imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Qayd etilishicha, qizlar 5-o‘ringa mo‘ljallangan bahsda 3 sportchi bilan qatnashgan. Bu esa foydalanilmagan 2 o‘rinda raqibga ustunlik beradi. Shunday bo‘lsa ham, ular bronza medali uchun kurashish bosqichigacha etib kelgan.

Oldinroq O‘zbekiston dzyudo jamoasi yakkalik bellashuvlarida 4 ta oltin va 1 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida birinichi o‘rinni qo‘lga kiritgan edi.

Avvalroq Shohruh Baxtiyorov harbiylar o‘rtasidagi Jahon chempionatida sovrindor bo‘lgani va Muzaffar To‘raboyev jahon chempioni bo‘lgani ma'lum qilingan.